Cover Image of Download ABT.UZ - abituriyentlar uchun  APK

4.2/5 - 2.442 votes

ID: uz.activemedia.abt

Download APK now

The description of ABT.UZ - abituriyentlar uchun


Abituriyentlar uchun ajoyib yangilik! Yaqidagina abituriyentlar, o‘quvchilar uchun innovatsion test olish tizimi ishlab chiqildi va foydalanuvchilar uchun onlayn tarzda faoliyat yuritmoqda. Keling, ushbu tizim haqida batafsil to‘xtalib o‘tsak.

ABT.uz – abituriyentlar uchun o‘zida 30 000 ga yaqin test savollarini jamlagan bilimlarni testlash tizimidir. O‘z nomidagi Aql–Bilim–Test so‘zlarini faoliyatida mujassam etgan ushbu tizim o‘zida ko‘pgina qulayliklarni taqdim etmoqda. Endilikda abituriyentlar va o‘quvchilar mobil telefon, planshet yoki kompyuter orqali zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlaridan unumli foydalangan holda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga innovatsion usulda tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin. Ya’ni uyda, o‘quv muassasasida, internet kafelarda ABT.uz sayti yordamida bir necha turdagi test sinovlarini topshirishlari va o‘z bilimlarini mustahkamlab borishlari mumkin.

Afzalliklari:
- test savollari tiniq shriftlarda berilgan;
- matematik formulalar tushunarli va chiroyli tarzda berilgan;
- sayt dizayni va rasmli ma’lumotlar TAS-IX hududidan yuklanishi hisobiga tarfikni tejash hamda tizimga tezlikda kirish imkoniyati mavjud;
- test topshirish oynasida savollar ketma-ket joylashgan, javob varaqasi esa qulay ko‘rinishda;
- savoldan-savolga o‘tish, javoblarni belgilash jarayonida sahifa qayta yuklanmaydi;
- natijalar sinxron ravishda foydalanuvchi profiliga saqlanib boriladi;
- tugallanmay qolgan testlarni ixtiyoriy vaqtda davom ettirish imkoniyati mavjud;
- saytning mobil versiyasi mavjudligi undan mobil telefonlar va planshetlarda ham foydalanish imkoniyatini taqdim etadi;
- akkaunt balansini Click va Payme to‘lov tizimlari yordamida to‘ldirish imkoniyati mavjud;
- test savollarida uchragan imlo va mazmuniy xatoliklar haqida maxsus forma orqali xabar bergan holda Siz qo‘shimcha bonus ballariga ega bo‘lasiz.


Bundan tashqari tizimda yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlari, ulardagi mutaxassisliklar, har bir mutaxassislik uchun kirish imtihonlaridagi fanlar bilan tanishib chiqishi mumkin. Eng asosiysi 2014–2015–2016-yillarda o‘tqazilgan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari qulay shaklda sizga taqdim etildi.

Bu ma’lumotlar yordamida Siz har bir ta’lim tili kesimida grant va kontrakt uchun kirish ballari, o‘rtacha o‘tish ballari, qabul kvotalari, arizalar soni va bitta o‘ringa mos kelgan abituriyentlar soni bilan tanishib chiqishingiz, ularni solishtirish va qulay usulda taqqoslashingiz ham mumkin. Bu qulayliklar Sizga oliy o‘quv yurti va mutaxassislikni ikkilanmay tanlashga katta yordam beradi.
Show more
  • Category

    Education
  • Get it on:

    Go Google Play uz.activemedia.abt
  • Requirements:

    Android Varies with device+

ABT.UZ - abituriyentlar uchun Varies with device APK for Android Varies with device+

Version Varies with device for Android Varies with device+
Update on 2020-06-10
Installs 100.000++
File size 13.190.029 bytes
Permissions view permissions
What's new - 2019-yil kirish ballari
- Yangi oliygohlar
- Yangi mutaxassisliklar
- Qabul kvotalari

Hit APK
Show more