Cover Image of Baixar Maktab.uz  APK

0/5 - votos

ID: uz.maktab.itsm

Baixe o APK agora

A descrição de Maktab.uz


Darslarni o‘tkazib yubordingizmi? Qayg'urishga hojat yo'q!

Maktab.uz platfromasidagi videodarslarni, istalgan joyda o‘zingizga qulay vaqt va sharoitda tomosha qilishingiz mumkin.

Maktab.uz platformasi o'quvchilarni imtihonlar, olimpiadalar va o'quv mashg'ulotlariga tayyorlanishida yordam beradi. U 1-11-sinf maktab o'quv dasturining barcha mavzulari va taqdimot materiallari bilan boyitilgan katta platformadir.

Maktab.uz ilovasi nimalarni o'z ichiga oladi?!
• 14,000 tadan ortiq yuqori malakali o'qituvchilarning maktab o'quv dasturi bo'yicha tayyorlagan video darslari va taqdimot materiallarini;
• 500 tadan ortiq kasbga yo'naltiruvchi, robototexnika, dasturlash, grafik dizayn va shu kabi zamonaviy fanlar bo'yicha qo'shimcha video resurslarni;
• ikki tildagi videodarslarni: o'zbek va rus
• sinflar bo'ylab qulay navigatsiyani;
• har bir o'quvchining yoshiga qarab qiziqarli dizaynni;
• o'qituvchilar, shuningdek, ota-onalar uchun o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini kuzatish va mavzular mazmuni bilan tanishish uchun keng imkoniyatlarni;
• 18 ta maktab fanlarini - ona tilidan fizikagacha.

Nima uchun “Maktab.uz”?
• 1 dan 11 gacha bo'lgan barcha sinflar uchun o'quv materiallari-mutlaqo bepul;
• Muntazam ravishda barcha fanlardan yangi materiallar qo'shilib boriladi: algebra, ingliz tili, rus tili, fizika, informatika, ijtimoiy fanlar, kimyo, tarix va biologiya va xk.

“Maktab.uz” sizga yordam beradi:
1. Maktabdagi o'quv mashg'ulotlariga, imtihonlarga va olimpiadalarga tayyorlanishga
2. Mavzu bo'yicha bilimlaringizni chuqurlashtirishga
3. Matematika, fizika va kimyo fanlaridan formulalarni o‘rganishda
4. Ruscha imlo va tinish belgilari qoidalarini tushunish va yodlashda
5. Tarixdagi muhim sanani topishda
6. Ijtimoiy fan va biologiyadagi yangi atamaning ma’nosini aniqlashda
7. Informatika fanini va dasturlash asoslarini o'rganishda

Maktab.uzdan mobil telefoningiz yoki planshetingiz orqali foydalanishingiz mumkin
Mostre mais
  • Categoria

    Educação
  • Faça isso:

    Go Google Play uz.maktab.itsm
  • Requisitos:

    Android Varies with device+

Maktab.uz Varies with device APK para Android Varies with device+

Versão Varies with device para Android Varies with device+
Atualização em 2022-10-31
Instalações 10.000++
Tamanho do arquivo 10.798.474 bytes
Permissões ver permissões
O que há de novo

Histórico de versões:

Mostre mais
Hit APK
Mostre mais