Cover Image of ดาวน์โหลด Muhammad s.a.v. hayotlaridan 1  APK

4.8/5 - 84 โหวต

ID: uz.islamappsworld.onqissa

  • ผู้เขียน:

  • เวอร์ชั่น:

    Varies with device

  • อัปเดตเมื่อ:

ดาวน์โหลด APK ทันที

คำอธิบายของ Muhammad s.a.v. hayotlaridan 1


Bu kitob o‘zi haqida sizlarga so‘zlab beradi

Men kitobman va bundan juda xursandman. Va mavjud narsalardan, eng muhimi, qimmatbaho narsalardan bo‘lganim uchun gururlanaman. Mening varaqlarim mol-dunyo va pul varaqlaridan mo‘‘tabar, qadrli. Buning sababi shuki, Alloh taolo insonlarni hidoyatga boshlamoqchi bo‘lganida ularga kitob nozil qildi ... Muqaddas kitobni ... Tavrot ham kitob, Injil ham kitob va Qur’oni karim ham-Kitob.

Va albatta men Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqlaridagi kitobman. Nabiy va rasullarning ko‘zi bo‘lgan Alloh u zotni barcha kishilarni hidoyatga, haq yo‘lga, yaxshilikka, muhabbatga boshlovchi, jamiki insonlarga tinchlik-omonlik tilovchi qilib yubordi.


Men ziyrak, yosh, pok, Allohning suyuklilari va Rasuli akramning suyumlilari bo‘lmish bolajonlar uchun yaralgan kitobman.

O'zimni zukko o‘quvchilarimga bagishlab, varaqlarim orasidagi hikoyalarimni ularga taqdim etaman. Hayvonlar va ashyolarning tilidan hikoya qilingan bo‘lsam ham, bular haqiqiy voqeiy hikoyalardir. Ularning hammasi bo‘lib o‘tgan va barchasi haqiqatdir. Aziz bolajonlar, hikoyalarni hayvonlar va narsalar tilidan eshitishni xush ko‘rishingizni yaxshi bilganim uchun ham shu yo‘lni tanladim.

Bu kitobda rivoyat qilingan voqealarning hammasi R \ ur’oni karimda va hadisi shariflar jamlangan mo‘‘tabar manbalarda zikr etilgan. Ularning ba’zilari suyukli paygambarimiz Muhammadning (sollalohu alayhi vasallam) hayotlari yozilgan kitoblarda keltirilgan.

Bunday kitoblar juda ham ko‘p. Inshaalloh, ulgayib, solih va mo‘min kishilar bo‘lib yetishganingizda bu kitoblarni qayta-qayta o‘qiysizlar.

So'zimning nihoyasida bir gapni izhor qilib qo'ysam: "Meni o'qib chiqib, jinday tafakkur qilsangiz, paygambarimiz Muhammadni (sollallohu alayhi vasallam) chin dildan sevib qolasiz, u zotning soalgaliga iglarlarlar bor. "Assalomu alaykum, va rohmatullohi va barokatuh!"


Muqaddima
1-qissa. Abraxaning fili bizlarga Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) tug‘ilishlari haqida hikoya qiladi.
2-qissa. Halimaning eshagi bizlarga Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) emizilishlari haqida hikoya qilib beradi.
3-qissa. Qadr kechasi bizlarga Muhammad alayhissalomga birinchi vahiy tushishi haqida so‘zlab beradi
4-qissa. Bir bosh uzum bizlarga payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) Toifga borganlari haqida hikoya qiladi
5-qissa. Buroq bizlarga isro va meroj haqida so‘zlab beradi
6-qissa. G’ordagi kabutar Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam) hijratlari haqida hikoya qilib beradi
7-qissa. Rasulullohning tuyalari bizlarga xijratdagi hodisa haqida so‘zlab beradi
8-qissa. Badr qudug‘i bizlarga badr ma’rakasi haqida so‘zlab beradi
9-qissa. Bir tup daraxt bizlarga bay’at va sulh haqida hikoya qilib beradi
10-qissa. Islom bayrog‘i bizlarga Islomning g‘alaba qozonishi haqida so‘zlab beradi

Arabchadan Jahongir Barnoev tarjimasi
แสดงมากขึ้น
  • หมวดหมู่

    หนังสือ
  • รับเลย:

    Go Google Play uz.islamappsworld.onqissa
  • ความต้องการ:

    Android Varies with device+

Muhammad s.a.v. hayotlaridan 1 Varies with device APK สำหรับ Android Varies with device+

เวอร์ชั่น Varies with device สำหรับ Android Varies with device+
อัปเดตเมื่อ 2020-05-13
การติดตั้ง 10.000++
ขนาดไฟล์ 38.031.587 bytes
สิทธิ์ ดูสิทธิ์
มีอะไรใหม่ Ayrim orfografik xatolar tuzatildi.

ประวัติเวอร์ชัน:

แสดงมากขึ้น
ตี APK
แสดงมากขึ้น