Cover Image of 下载 Bolalar guruhi, Tohir Sodiqov  APK

4.5/5 - 146 选票

ID: com.bolalar.tohir_sodiqov2

  • 作者:

  • 版本:

    Varies with device

  • 更新于:

立即下载 APK

的描述 Bolalar guruhi, Tohir Sodiqov


Tohir Sodiqov — o`zbek musiqachisi, bastakori va aktyori. Tohir Sodiqov O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistdir. Sodiqov „Bolalar“ guruhining uzoq yillardan beri qo`shiqchisi, ashula yozuvchisi va bastakori bo`lib kelmoqda. Tohir Sodiqov shu kungacha „Nihol“ va „Tarona“ kabi bir qancha nufuzli mukofotlar olgan.U qo`shiqlarini o`zbek, rus va ingliz tillarida aytadi. Tohir Sodiqov AQShda konsert bergan va iTunesda albom chiqargan O`rta Osiyolik birinchi guruhlardandir.

Tohir Sodiqov 1973-yil 1-iyulda Toshkent shahridagi Eski shaharda tug`ilgan. Otasi Sodiqov Bahromjon Sobirovich Tohir Sodiqov yosh bolaligida vafot etgan. Onasi Sodiqova Gulnur Mansurovna Sodiqovni yolg`iz katta qilgan. Tohir 1980-yildan 1990-yilgacha Toshkentdagi 41-maktabda o`qigan. Uylangan, ikki qiz va bir o`g`li bor. Hozirda „Kelajak Records“ musiqa yozish studiyasi egasi. „Sen ketgan kundan“ klipida oilasi ya`ni turmush o`rtog`i, ikki qizi bilan Tohir Sodiqov suratga tushgan. Shogirdi Ravshan Sobirov va Renat Sobirov Tohir Sodiqovning amakivachchasi. Amakisi Alimjon Sobirov (Ravshan Sobirovning otasi). Jiyanlari Bekzod va Safina (Ravshan Sobirovning farzandlari). Sakina Sobirova (Ravshan Sobirovning rafiqasi). Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi).

Tohir Sodiqov musiqa maktabida o`qimagan. Maktabda o`qib yurgan chog`larida musiqaga ishtiyoqi tug`ilgan. Tohir Sodiqov va uning maktabdosh do`stlari Ruslan Sharipov, Bahodir Po`latov va Javohir Zokirov 1989-yil „Bolalar“ guruhiga asos solishgan. 1989-yil guruh O`zbekistonda „Bolalar“ deb nomlangan qo`shiq bilan juda tez shuhrat qozongan. Tohir Sodiqov Ravshan Sobirov va „Bojalar“ guruhiga produserlik qilgan.

„Bolalar“ guruhining ilk tarkibida Bahodir Po`latov, Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi), Javohir Zokirov, Nargiza Zokirova, Ruslan Sharipov, Tofik Morduxayev, Toir Odilov va Tohir Sodiqovlar bo`lgan. Guruh a`zolariga o`zbek rock-n-roll qo`shiqchisi Davron Gaipov va o`sha paytda mashhur bo`lgan rus guruhi „Laskoviy May“ ta`sir ko`rsatishgan. „Laskovyi Mai“ va „Bolalar“ guruhlarini „90-yillarning afsonalari“ deb atashadi. „Laskoviy May“ning qo`shiqchisi bo`lgan Yuriy Shatunov va Tohir Sodiqov 2009-yil Toshkentda birga qo`shiq aytishdi.

„Bolalar“ guruhi 1990-yil 23 fevralda „Alpomish“ sport saroyida (hozirgi „O`zko`rgazmasavdo“ markazi) ilk marotaba katta sahnaga chiqqan. Guruhning ilk albomi „Esingdami seni“ albomidir. Bu albom 1990-yil yanvar oyida chiqarilgan. Ilk yillarda Ruslan Sharipov guruhning badiiy boshchisi bo`lgan. 2007-yil 22-yanvarda guruhning „The Very Best of the Fontana Years“ („Fontana yillarining eng sarasi“) degan albomi iTunes musiqa magazinda chiqarildi. 2000-yillarda „Bolalar“ning ko`p a`zolari birin-ketin guruhni tark etishdi. Ammo guruh a`zolari onda-sonda birga qo`shiq ijro etib turishadi. Tohir Sodiqov odatda ashulalarining so`zini ham, musiqasini ham o`zi yozadi.

Tohir Sodiqov olti o`zbek kinosida bosh rolni ijro etgan. Bular „Navro`z ayyomi“, „Tohir va Zuhra yangi talqin 1, 2“, „Ko`zlaring ma`yus“, Jazo hamda Voy dod sumalak filmlaridir.

Duet
Men sen - Asr guruhi (Abdulaziz Karim)
Barglar - Fayod guruhi (Ra`no Said)
Mumkin emas - Sayatash
Undan nimam kam? - Lola (Lola Yo`ldosheva)
Indamay - Rayhon (Rayhon G`aniyeva)
Yog`sin yomg`ir tonggacha - Setora (Feruza Latipova, Laylo Galiyeva, Kamilla Xo`jayeva)
Eski shahar - Ruslan Sharipov, Xo`ja guruhi (Izzat Ibragimov), Shahzod guruhi (Rashid Xoliqov)
Милая - Davron Shanson
Я встретил девушку - DJ Piligrim (Ilhom Yo`lchiyev)

Ushbu ilovada "Bolalar guruhining:
- Alo my love
- Asragin meni
- Bilsang edi
- Bolalar
- Bu tun oqshom
- Erkalab gulim derdim
- Faqat isming
- Gulim
- Izhorim
- Jonginam
- Kechir
- Malika
- Mani baliqcham
- Meniki bo`lsa
- Nega sen ket deding
- Nega unday qilding sen
- Sen meni jonim
- Oyijon
- Sen o`zing
- Shamol
- Sog`indimku seni nomli taronalari joy olgan.
展示更多
  • 类别

    音乐
  • 穿上它:

    Go Google Play com.bolalar.tohir_sodiqov2
  • 要求:

    Android Varies with device+

Bolalar guruhi, Tohir Sodiqov Varies with device APK 为了 Android Varies with device+

版本 Varies with device 为了 Android Varies with device+
更新于 2022-10-27
安装 100.000++
文件大小 48.230.975 bytes
权限 查看权限
什么是新的 Tohir Sodiqov qo'shiqlari

版本历史:

展示更多
命中 APK
展示更多