Cover Image of 下载 Oxunjon Madaliyev qo'shiqlari  APK

4.3/5 - 281 选票

ID: com.sado.oxunjon

  • 作者:

  • 版本:

    Varies with device

  • 更新于:

立即下载 APK

的描述 Oxunjon Madaliyev qo'shiqlari


Oxunjon Madaliyev Nusratovich 1963-yil 21-may sanasida Farg'ona viloyati Oltiariq tumani, Yangiarab qishlog'ida duradgor usta Nusrat oilasida dunyoga kelgan. 1980-yilda o'rta maktabni tamomlab, 1981-yilda hujjatlarini Far'ona Davlat Pedagogika institutining musiqa fakultetiga topshirgan. 1985-yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlab, yo'llanma bilan Oltiariq tumanidagi 26-sonli o'rta maktabda ashula fani o'qituvchisi bo'lib ishladi.
Keyinchalik Hunar texnika bilim yurtida, bir oz vaqt o'tib, Farg'ona Davlat filarmoniyasida yakkaxon solist sifatida faoliyat yurgizgan.
1989-yili Toshkent shahrida "Kamolot 89" ko'rik tanlovida g'olib bo'lib, shu yilning dekabr oyida "Xalqlar do'stligi" saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Keyinchalik xonanda Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkmaniston Respublikalarida konsert bergan.
Qo'shiqchilik san'atiga qo'shgan munosib hissasi uchun Oxunjon Madaliyev 1997-yil 26-avgustda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
1999-yil 25-avgustda "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoniga sazovor bo'lgan.
1983-yilda "Ziyodam" deb nomlangan ilk qo'shiqlar albomini taqdim qildi. Keyinchalik "Seni asrasin", "Kimligini aytmayman", "Sendadir xayolim", "Yulduzim", "Navbahor", "Javohirim", "O'zbeklarim", "Yolg'iz ayol", "Sog'inch", "Yoshligim", "Unutmoq osonmas bizlarni" kabi musiqiy albomlarni muxlislarga havola etgan.
Oxunjon Madaliyev juda sermahsul ijod qildi. Uning deyarli har bir qo'shig'i hali hamon muxslislar yodida. Jumladan hofizning "Turkman qiz", "Unutmoq osonmas bizlarni", "Ketaman", "Nasibam", "Maqsading nima?", "Seni bugun ko'rmasam bo'lmas", "Javohirim", "Yolg'iz ayol" kabi o'nlab qo'shiqlari juda mashhur bo'lgan.
Oxunjon Madaliyevning odamiyligi haqida so'z ketganda uni yaqindan biladiganlar uning kamtar, tavozuli va sahiy bo'lganini aytadi.

Vodiyning asl o'g'lonlaridan biri bo'lgan Zahriddin Muhammad Boburga o'xshab Oxunjon Madaliyev ham qisqa umr ko'rsa ham, ming-minglab yuraklarda mangu qolib ketdi. U 2000-yil, 29-iyunda yurak infarkti bilan vafot etdi.

Biz tomonga bir bir qarab qo`y,
Bolam,
Dardim sig`mas dunyoga,
Hayot emas u,
Kelinchak,
Ketgim kelmayapti onajon,
Ko’ngil ekan (Turkman qiz 3),
Menikisiz, Nasibam,Onamning tilagi,
Seni bugun ko`rmasam bo`lmas,Sevar eding,
Shahzodangni kut,
Shohsupa,
Soch o’stirib (Turkman qiz 4),
Turkman qizga uylanaman,
Uzun ko’ylak (Turkman qiz 2),
Yig`ladim
展示更多
  • 类别

    音乐
  • 穿上它:

    Go Google Play com.sado.oxunjon
  • 要求:

    Android Varies with device+

Oxunjon Madaliyev qo'shiqlari Varies with device APK 为了 Android Varies with device+

版本 Varies with device 为了 Android Varies with device+
更新于 2020-12-05
安装 100.000++
文件大小 58.083.060 bytes
权限 查看权限
什么是新的 Siz sevgan qo'shiqlar

版本历史:

展示更多
命中 APK
展示更多